AKFA University, in cooperation with the AMUDARIO Research Group, has implemented an information and analytical system for meteorological and environmental monitoring to observe the state of the environment on the territory of the university.

The implemented system allows receiving information about the expected weather changes and the state of air quality on the territory of the university.

The information and analytical system OXUS-WS, created by the AMUDARIO Research Group, is a domestic hardware and software system designed for continuous online monitoring of the meteorological and ecological state of the environment. The complex includes an automated agrometeorological station and software, and allows to conduct the following observations:

  • Air quality monitoring – the concentration of carbon dioxide and fine dust in the air
  • Meteorological observations – air temperature, air humidity, wind speed and direction, probability of precipitation.
  • Agro-surveillance – soil temperature and moisture, electrical conductivity, dew point, steam pressure deficit, etc.

In the next stage of this initiative, in September 2022, the “AKFA University Environmental Monitoring Portal” will be launched in test mode. This portal will provide an opportunity to monitor meteorological conditions and the dynamics of meteorological conditions, as well as the level of air pollution on the territory of AKFA University and the New Uzbekistan Park.

Faculty members and students of the university, residents of the city and independent researchers will be able to download the data collected in the system for personal use and research.

 


 

Akfa Universitetida meteo va eko monitoring axborot-tahliliy tizimi tatbiq etildi

Akfa Universitetida “AMUDARIO ilmiy-tadqiqot jamoasi” bilan birgalikda universitet hududida atrof-muhit holatini kuzatish maqsadida OXUS-WS meteo va eko monitoring axborot-tahliliy tizimi tatbiq etildi.

Tatbiq etilgan tizim talabalarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida ularni universitet hududiga kutilayotgan ob-havo oʻzgarishlari va havo sifati holati haqida veb portal orqali xabardor qilish imkonini yaratadi.

“AMUDARIO ilmiy-tadqiqot jamoasi” tomonidan yaratilgan OXUS-WS axborot-tahliliy tizimi — bu atrof-muhitning meteorologik va ekologik holatini onlayn tarzda doimiy monitoring qilish uchun moʻljallangan milliy apparat va dasturiy taʼminot majmuasi. Majmua oʻz tarkibiga avtomatlashtirilgan agro-meteostansiya va dasturiy taʼminotni oladi va quyidagi kuzatuvlarni olib borish imkonini beradi:

  • Havo sifati kuzatuvlari — havodagi karbonat angidrid va mayda chang konsentratsiyasi.
  • Meteorologik kuzatuvlar — havo harorati, havo namligi, shamol tezligi va yoʻnalishi, yogʻingarchilik ehtimoli.
  • Agro kuzatuvlar — tuproq harorati va namligi, elektr oʻtkazuvchanlik, shudring nuqtasi, bugʻli bosim yetishmovchiligi va boshqalar.

Ushu tashabbusning keyingi bosqichida 2022 yil sentyabr oyida “Akfa Universiteti Atrof-Muhit Monitoringi Portali” test rejimida ishga tushiriladi. Bu portal Akfa Universiteti va Yangi Oʻzbekiston Bogʻi hududining meteorologik holati va dinamikasini hamda atmosfera havosining ifloslanish darajasini kuzatish imkonini yaratadi.

Tizimda jamlagan maʼlumotlarni universitet professorlari va talabalari, shahar aholisi hamda mustaqil tadqiqotchilar shaxsiy foydalanish va tadqiqotlar uchun koʻchirib olish imkoniyatiga ega boʻladilar.

 


Университет AKFA внедрил информационно-аналитическую систему метеорологического и экологического мониторинга

Университет AKFA в сотрудничестве с Научно-исследовательской группой AMUDARIO внедрил информационно-аналитическую систему метеорологического и экологического мониторинга на территории вуза для мониторинга состояния окружающей среды.

Внедренная система позволяет получать информацию об ожидаемых изменениях погоды и состоянии качества воздуха на территории университета.

Информационно-аналитическая система OXUS-WS, созданная Научно-исследовательской группой AMUDARIO, представляет собой отечественный аппаратно-программный комплекс, предназначенный для непрерывного онлайн-мониторинга метеорологического и экологического состояния окружающей среды. Комплекс включает в себя автоматизированную агрометеорологическую станцию и программное обеспечение, и позволяет проводить следующие наблюдения:

  • Мониторинг качества воздуха — концентрация углекислого газа и мелкодисперсной пыли в воздухе
  • Метеорологические наблюдения — температура воздуха, влажность воздуха, скорость и направление ветра, вероятность осадков.
  • Агронаблюдения — температура и влажность почвы, электропроводность, точка росы, дефицит давления пара и т. д.

В следующем этапе данной инициативы, в сентябре 2022 года, в тестовом режиме будет запущен «Портал мониторинга окружающей среды Университета AKFA». Данный портал будет давать возможность следить за метеорологическими условиями и динамикой метеоусловий, а также за уровнем загрязнения атмосферного воздуха на территории Университета AKFA и парка «Новый Узбекистан».

Преподаватели и студенты вузов, жители города и независимые исследователи смогут загружать данные, собранные в системе, для личного использования и исследований.